Get Mystery Box with random crypto!

​Tinglashmayapti, bir so’z aytishga ham yo’q haq va huquq. Bo | Gulruxsor Tohirjonova

​Tinglashmayapti, bir so’z aytishga ham yo’q haq va huquq.
Bo’g’ishyapti erkning bo’g’zidan
Tilinyabdi qalb, vujudini yeyabdi olov ishtiyoq.
Tobora ko’rmayabdi ular ko’zlari
Murg’ak orzularga bolta chopish naqadar oson
Osonki, bir “yo’q”ning ortida
Yo’qlikka aylanib ketyapti hislar.
Ich-etiga o’rmalaydi qo’rquv solgan achchiq og’u.
Ketish kerak. Imkon qadar tezroq,
Qadarki, soya solmasin bu achchiq azob.
Azobki, odamlarning yovqur qarashi
Ishonchsiz boqar nigohlar,
Mentalitet botqog’iga botgan
bu shahar,
qafasga tortuvchi ota-onalar,
oila ham nafas, ham nafasingni bo’g’uvchi shirin sirtmoq.
Men o’limdan qo’rqmayman.
Qo’rqitguvchi asli boshqa vaj…
Haqiqiy o’lim bu orzularning o’lishi.
Murg’ak holicha yurakka ko’milgan orzulardan yomon intiho yo’q bu dunyoda.
Orzular o’lmasin, neki o’lsa ham.
Orzu- qalb, maqsad, nomus, g’urur,
muhabbat-u, yashash uchun sabab-vaj.

P/s: Bayramingiz muborak bo’lsin! Yoshlar erkin bo’la olsagina muvaffaqiyatga erisha oladi. Iste’dod va ishtiyoqni qafasda saqlagandan, to’sqinlik qilgandan foyda yo’q!
@gulruxsors_blog