Get Mystery Box with random crypto!

Qanday holatlar mualliflik va turdosh huquqlar buzilishiga oli | Intellektual mulk yangiliklari

Qanday holatlar mualliflik va turdosh huquqlar buzilishiga olib keladi?

“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 62-moddasiga binoan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzilishga quyidagilar kiradi:

mualliflarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish;

ijrochining ismi-sharifiga bo‘lgan va ijroni har qanday tarzda buzib ko‘rsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz qilish;

huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar ob’ektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish;

Qonunda nazarda tutilgan hollarda haq to‘lash to‘g‘risidagi talablarni buzish;

huquq egalarining mulkiy huquqlarini boshqacha tarzda buzish mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzishdir.

@adliyaimd