Get Mystery Box with random crypto!

•••|Adını san köy |••• #frozen            41- qism.       | Abadiy Sevgim

•••|Adını san köy |•••

#frozen

           41- qism.
  
   ...Begzod... Begzod .. turing .. tursangizchi .. qizni ovozi kelavergach ko'zlarini ochdi xonada qiz yo‘q edi .. xonasiga ulangan balkonga chiqdi .. qiz oppoq , keng va uzun libosda , dengiz tomonga qaragancha to'siq yonida  turardi .
- qachon turding .. bu yerda nima qilayapsan ehtiyot bo‘l tushib ketasan ..
- men ketayapman .. qaytmas bo‘lib .. iltimos meni izlamang..
- nima .. nima deganing bu ..
Qiz burilib yigitga go‘zal tabassum bilan qaradi .
- men sizni chindan sevdim .. buni unutmang ..deb o‘zini pastga tashladi ..
- YO‘O‘O‘O‘O‘Q. Boraman desa oyoqlari qimirlamasdi.  Ilojsiz qolgan yigit yig‘lab_ ketma.. deya oldi ..
Birdan yana qizning ovozi kela boshladi ..
- Begzod aka , Hoy turing ..
Ko‘zlarini ochdi .. terlab ketgan o‘zi esa hansirardi huddi nafasi qisgan odamday .. Atrofga qaradi xonasida .. Tashqarida qorong‘u tushishga ulgiribdi.. Tezda o‘rnidan turib xonadan o‘qday uchib chiqdi zinadan ham deyarli uchib tushib oshxona yonidan o‘tayotib to‘xtadi .. Ichkariga kirdi ..boya ko‘rgani tushi ekanini bilib .. hotirjam bo‘ldi . Qiz gazni tepasida quloqlarida  quloqchin musiqa hirgoya qilgancha ovqat pishirardi.  Begzod qo‘rqinchili tushida bo‘lgan voqea yana ko‘z oldida gavdalandi.. qo‘rqqanidan ko‘zi beixtiyor yoshlandi . Borib qizni orqasidan quchib oldi . Albatta bundan qiz qo‘rqib ketdi ..  iforidan Begzod ekanini bilib  quloqchinni yechdi.   Belidan o'tkazilgan baquvvat qo‘llar ustidan nozik qo‘lini qo‘yib ..
- nima bo‘ldi sizga ..
-.. Jim.. iltimos biroz  shunday turaylik  ..
- ho‘p mayli  ...
Birozdan so‘ng Begzod qizni qo‘yib yubordi va tezda yoshlarini artib tashladi. Sababi..
1-dan yig‘lash erkaklarga hos ish emas deb o‘ylaydi.
2-dan umuman yig‘lashni yoqtirmaydi buni ojizlikka yo‘yadi.
3-dan Shohidani oldida ham bunday ko‘rinishni istamadi.
Bu ishi besamar ketdi.  Agar qarshisidagi qiz begona bo‘lganida balki buni sezmasdi. Ammo Shohida bittada yig‘laganini ham nimadir bo‘lganini ham sezdi .
- nima bo‘ldi sizga ..
- hech nima.. ( quvnoq ko'rinishga urinib soxta tabassum bilan ) ho‘sh nima ovqat qilayapsan
-  o‘zimni ijodimdan nom bermagan man.. gapni burmang..
- rostdan hech narsa bo‘lgani yo‘q
-aldamang .. bilib turibman nimadir bo‘lgan ..
- qo‘rqinchili tush ko'rdim..
- nima shunga shunchami..
- ha
- ho‘sh sizni qo‘rqitolgan bo‘lsa menga aytib bering ..qiziqdim ..
Biroz sukutdan so‘ng yigit gap boshladi ..
- meni sevishingni unutmasligimni aytib yolg‘iz tashlab ketding .. eng alamlisi ortingdan borolmadim .. huddi oyoq qo‘lim bog‘langandek edi .. bir o‘zim qolib ketdim ..

Qiz yigitga hafsalasiz qarab turib ..
- shu qo‘rqinchilimi ..
- juda ham .. ishon men uchun bundan dahshatlisi yo‘q ..
- meni yo'qotishdan shunchalik qo‘rqasizmi ..
- tasavvur qilolmaysan..  sensiz hayotim zulmat .. o‘zim esa tirik murdaga aylanaman ..  Sensiz o‘tgan 4 yilni eslash o‘zi azobli .. sensizlikka ortiq bardoshim yetmaydi .. menga juda keraksan.. endi bir lahza ham uzoqlashma  .. mendan ketma .. boshqa ayrilishni istamayman  ..
-  hech qachon tashlab ketmayman.. ( qiz yigitni qo‘lidan tutib shu gaplarni aytdi )
Bir - biriga mehr bilan tikilib turgan ikkalasini hayolat olamidan qizmatchi paq etib tushirib yubordi ..
- a  .. uzur men kuygan hid kelganiga.. sizlarni bu yerdaligizi .. bilmagandim.. uzur deb chiqib ketdi . Shohida tezda ovqatni tagini o'chirdi.. qorayib ketgan ovqatiga qarab ..
- uff endi nima qilaman .. shuncha mehnatimaa ..
Yigit bu yoqda qizni ustidan kulardi ..
- ijodingga gap yo‘q ..  qora rangli ovqatni pishirish hammani ham qo'lidan kelmaydi .. ayniqsa ohh hididan ( deb yana kula boshladi ) Qizni jahli chiqdi .
- aslida sizni deb bo‘ldi ..
- nega endi ..
- meni chalg‘itdingiz ..
- ho‘p mayli buni qo‘y .. ovqat dastavka qilamiz .. nima deysan ..
-  mayli ..
Ikkalasi ham kulishib ovqatlanib xona- xonalarga kirib ketishdi .

https://t.me/+QZjYzKcG6iiAb5-P