Get Mystery Box with random crypto!

•••|Adını san köy |••• #frozen             39- qism. Yonid | Abadiy Sevgim

•••|Adını san köy |•••

#frozen

            39- qism.

Yonidan o‘tib ketayotgan hamshiradan akasi haqida so‘radi ..
- uni tanisizmi ..?
- ha ukasi bo'laman
- bugun olib kelindi ahvoli o‘g‘ir edi .. lekin hozir yaxshi ..
- o‘zi nima bo‘lgan ekan ?
- avtohalokatga uchragan ..
- rahmat sizga .. Sherzod politsiyachilar turgan yerga borib Shohida bilan yuz bergan halokat haqida ulardan  bilib oldi  . Politsiya hodimining oxirgi gapi uni o'ylantirib qo‘ydi ..
" - chorrahada qizil chiroq yonib turgan bo‘lsa ham to'xtamagan.. agar narigi mashina kelmaganida qiz sog‘ qolmagan bo‘lardi ." Shu gaplar miyyasida qaytalanaverdi ..
- axir nega bunday qiladi .. biz yarashib olgan edik .. menga va‘da ham bergandi .. u bunday qilmaydi..  yo‘q bu yerda boshqa gap bor..

Kech ham tushdi .. Sherzod karidordagi kursida o‘tirib qizni o‘ziga kelishini kutardi . Hayolida esa boyagi o‘ylar tinchlik bermasdi . Dori ulagani kirgan hamshira hursand yugurib chiqdi . Doktorni chaqira boshladi . Doktor ham ko‘p kuttirmay yetib keldi . Hech narsani tushunmagan yigit ham o‘rnidan turib birga kirdi . Qiz bir qo‘li gips .. boshqa qo‘lida grafindan stakanga suv quyayotgandi.
- Shohida .. yigit hursand holda qizni borib quchib oldi ..va qarshi tomondan avval itarildi keyin yuziga tarsaki tushdi .
- nima qilganiz bu ahmoqmisiz nega meni quchoqlaysiz.. uyatsiz .
- nima .. seni tushunmayapman .
- iltimos chiqib turing biz bemorni tekshirib ko'rishimiz kerak . Doktor yigitni chiqarib yubordi . Birozdan so‘ng o‘zi ham chiqib yigitni xonasiga olib kirdi va gapini boshladi ..
- sizga bir savolim bor
Qiz oldin ham boshi bilan lat yeganmi  ..
- ha 4 yil avval avtohalokatga uchragan ..
- o‘shanda hotirasini yo‘qotgan adashmasam
- ha shunday
- hozir ana o‘sha 4 yil oldingi hotirasi tiklangan . Ya‘ni qiz oradan o‘tgan 4 yilni umuman hayotida bo'lmagandek uyg‘ondi tushunayapsizmi..
- nima ..? bu .. shunday bo‘lishi mumkinmi doktor ?
- ha lekin bunday hol kamdan- kam bo‘ladi ..
- umuman eslamaydimi ya‘ni shu 4 yilni ..
- ha unga eslash ham mumkin emas .. iltimos biror narsani eslatishga urunmang ..
- hop rahmat doktor .. yigit o‘ychang holda honadan chiqdi . Qizni honasiga yetgach turib qoldi . Axir qiz uni eslamaydi . Yana begonadek qaraydi .. endi sevmaydi ..  achchiq bo‘lsa ham tan olishi kerak bo‘lgan narsa .. uni yo'qotdi.. ha aynan shunday .. endi bu honadagi qiz Sherzodni emas , balki 4 yil avvalgi hotirasi bilan Begzodni sevadi .. Shularni o‘ylab devorga suyanib yerga o‘tirib qoldi ..
- yo‘q .. nega axir .. nega men sevgan inson bilan shu voqealar bo'layapti.  Akam ham shu yerda .. u yana mendan sevgimni tortib  olsachi .. qizchi akamni sevarmikan o‘zi .. bularni bilishim kerak.. deb o‘rnidan turib xonaga kirdi ..
Qiz ham o‘ylanib o'tirgan ekan .. yigitni ko‘rib ..
- nega yana keldingiz..
- senga bir savolim bor .. faqat rostini ayt .. Begzodni sevasanmi ..?
- .. ( qiz avval bu ismni eshitib ko‘zi yoshlandi .. yigitga umid bilan boqib ..)
- uni tanisizmi ..? Qayerdaligini bilasizmi ..? Iltimos agar bilsangiz ayting .. ( yig‘lab gapirardi ) ..
Savoliga ortig'i bilan " javob" olgan yigit tezda honadan chiqib nafaqat xona balki shifoxonadan chiqib ketdi . Mashinaga o‘tirib eng katta tezlikda sohilga bordi . Mashinadan tushib alam bilan baqirib yig‘ladi .. To‘yib baqirib bo'lgach yerga cho‘kkaladi ..
- shunga loyiqmanmi ..? Nahotki meni baxtli bo‘lishga .. sevgan insonim tomonidan sevilishga haqqim bo‘lmasa .. ha ,  shunga loyiqman  .. men hudbinligim tufayli shunday qismatga loyiqman . Mendan boshqa odamda ko‘ngil yo‘qdek yashayveribman .. o‘shanda  akamga ham adolatsizlik qilgan ekanman .. uni ham sevishga  haqqi borku .. Bo‘ldi bas o‘zimcha boshlagan "ertagim" bugun nihoyasiga yetdi .. Akamdan uzur so‘rab qizni unga topshiraman . Bu yerlardan uzoqlarga ketaman .. bu o‘z- o‘zimga jazo bo‘ladi  ..

https://t.me/+QZjYzKcG6iiAb5-P