Get Mystery Box with random crypto!

Yoz faslida eng ko'p uchraydigan muammolardan biri bu oziq-ovq | Taskin Med service clinic

Yoz faslida eng ko'p uchraydigan muammolardan biri bu oziq-ovqatdan zaharlanish

Xo'sh bunday holalatda birinchi bo'lib nima qilish kerak?

Sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish, ularni noto‘g‘ri tayyorlash yoki saqlash ovqatdan zaharlanish — oziq-ovqat toksikoinfeksiyasiga sabab bo‘ladi.

Birinchi paydo bo'lgan alomatlar yuzaga kelganda ko'rsatiladigan birinchi yordam

Oshqozonni yuvish kerak — ikki stakan xona haroratidagi iliq suvni iching.

Faollashtirilgan ko‘mir (har 10 kg tana vazniga 1 ta tabletka) yoki smekta iching.

Qusish va najas chiqishi tufayli organizm ko‘p miqdorda suv yo‘qotadi, suvsizlanishni oldini olish uchun uni to‘ldirish kerak.

Ammo kuchli zaharlanish alomatlaru kuzatilsa bemorni o‘z vaqtida tibbiy muassasaga yetkazish tavsiya etiladi.



Manzilimiz:  Farg'ona shahri, Qirguli mavzesi, Yangi zamon ko'chasi 1-uy.

Murojaat uchun: +998732400003

Telegram|Instagram |Facebook|YouTube|TikTok