Get Mystery Box with random crypto!

Ba'zan shunaqa joylarda yolg'iz qolish xohlaydi inson. Insonla | Yomg'irli Tunlar☔ (𝓸𝓻𝓲𝓰𝓲𝓷𝓪𝓵)

Ba'zan shunaqa joylarda yolg'iz qolish xohlaydi inson. Insonlardan uzoqda yolg'iz yashagisi, yolg'iz yurgisi keladi. Lekin yolgʻizlik juda qoʻrqinchli his. Yolgʻiz daraxt, yolgʻiz oʻrindiq, yolgʻiz bino boʻlishi mumkin, ammo inson - yolg'izlikka chidolmaydi.
Hayotimiz davomida bizni vayronalar ostidan chiqarib oladigan, yaralarimizga malham suradigan, oʻzining muhabbatidan boʻlgan choyshabga oʻrab, hayotning boshqa taraflari ham borligini koʻrsatadigan inson kerak.
Barchamizga, bizni yomonliklardan himoya qiladigan, sovuq zarbadan isitib qoʻyadigan, qiyinchilikda umid beradigan inson kerak.


Izoh qoldiring


@Yomgirli_Tunlar | Yaqinlarga ulashing