Get Mystery Box with random crypto!

Sirtqi taʼlim shakli haqida qiziqarli maʼlumotlar Sirtqi taʼl | TIFT Universiteti

Sirtqi taʼlim shakli haqida qiziqarli maʼlumotlar

Sirtqi taʼlim — kasbiy faoliyatdan ajralmagan holda oliy va oʻrta maxsus maʼlumot olish shakli. Kunduzgi taʼlim shaklidan talabalarning mustaqil oʻqishi bilan farq qiladi.

Oʻzbekistonda Sirtqi taʼlim 1938-yildan tashkil etildi. Shu yili Oʻrta Osiyo universitetida sirtqi boʻlim tuzildi. Hozir Sirtqi taʼlim oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan maxsus markaz, boʻlim va fakultetlarda amalga oshiriladi.

Unda taʼlimning asosiy qismi (60— 70%) talabalarning mustaqil bilim olishiga asoslangan boʻlib, ular 1 yilda 2 marta chaqirilgan holda oʻquv fanlaridan maʼruzalar tinglaydilar hamda semestrlar boʻyicha imtihonlar topshiradilar.

Oliy oʻquv yurtlarida Sirtqi taʼlim oliy oʻquv yurtlarining sirtqi fakultetlarida olib boriladi. Darslik va dasturlar, odatda, kunduzgi va Sirtqi taʼlim tizimida umumiy boʻladi. Sirtqi taʼlim kunduzgi taʼlim shakli dasturining 30%ini qamrab oladi.

TIFT universitetida ushbu 15 ta yo‘nalishga sirtqi taʼlim shakli uchun qabul davom etmoqda.

Kontrakt narxlari: bit.ly/Talim-yonalishlari

Sirtqi taʼlim shakliga onlayn hujjat topshiring: qabul.tift.uz

Murojaat uchun: +998781132999, +998999932722

Toshkent qabul ofisi: Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi, 17-uy

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube