2023-05-06 13:01:44
Bir donishmandning oldiga uning o'quvchisi kelib so'radi:
—
Ustoz, qanday qilib siz har doim bunday tinch, xotirjam va baxtli holatingizni saqlab turasiz? Axir atrofimizda juda ham ko'plab muammolar, kasalliklar va o'g'irliklar mavjud
Shunda donishmand o'quvchisiga bir vazifa berdi: — Atrofingga bir qara va nechta
jigarrang tuvaklar bor ekanini sana.
O'quvchisi shunda hayron bo'ldi, uning savoliga tuvaklarning nima dahli bor? Ammo sanashni boshladi. Bir, ikki, uch... va ustoziga nechta jigarrang tuvaklar bor ekanligini endi aytmoqchi bo'lib tursa, donishmand unga keyingi savolini berdi:
— Endi aytchi,
oq tuvaklar nechta ekan?— Men oq tuvaklarga ahamiyat berganim yo'q, axir siz jigarrang tuvaklar haqida so'ragan edingiz-ku...
—
Hayotda ham huddi shunday — deb javob berdi donishmand. — Agar sen doim negativga e'tiboringni qaratadigan bo'lsang, jigarrang tuvaklarga e'tibor bersang, hayotning
boshqa yorqin ranglarini ko'rmaysan
397 viewsIroda Khabibullaeva, 10:01