Get Mystery Box with random crypto!

Solihlar safida

Logo saluran telegram solihlar_safida — Solihlar safida S
Logo saluran telegram solihlar_safida — Solihlar safida
Alamat saluran: @solihlar_safida
Kategori: Tidak terkategori
Bahasa: Bahasa Indonesia
Pelanggan: 386
Deskripsi dari saluran


Ahli sunna.
Ilmsizlik – jaholatdir.
Xotirjamlik – ilmdadir.
Muta'allimaning qaydlari.
Murojaat uchun: @Solihlarsafida_bot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Pesan-pesan terbaru

2023-05-14 21:36:16
Yolg'izlik xuddi qorong'i xonaga o'xshaydi. Unga kirganingda hech narsani ko'rmaysan, yuraging siqiladi. Keyin sekin-sekin ko'zing qorong'iga o'rganadi, atrofdagi narsalarni ilg'ay boshlaysan. Yorug'likka chiqishga qo'rqasan, ko'zing qamashadi. Shu xona sen uchun halovat maskaniga aylanadi.
Bunday paytda senga hadeb "Tashqariga chiq" deyaverishlari emas, faqat kimnidir sham ko'tarib xonaga kirishi malham bo'la oladi.
81 views18:36
Buka / Bagaimana
2023-05-11 22:54:52
#maskan

Tuganmas go'zallik, tuganmas baxt, tuganmas saodat faqat jannatda bo'ladi. Biz ana shunga intilamiz. Jannatda faqat yaxshilik bo'ladi. Faqat yaxshilik. Jannatda o'lmaymiz, qarimaymiz, kasal bo'lmaymiz, gunoh qilmaymiz, yig'lamaymiz, mahzun bo'lmaymiz, behalovat bo'lmaymiz, noumid bo'lmaymiz. Tinch bo'lamiz, salomat bo'lamiz, komil suratda baxtiyor bo'lamiz. Alloh taolo aytganidek, ana shu "favzul aziym"dir, "favzul kabiyr"dir..
156 views19:54
Buka / Bagaimana
2023-05-10 22:11:20
Sabr sarmoyadir — foydasini hisobsiz olmoq uchun tikiladigan sarmoya. Qancha ko'p sarmoya kiritilsa, shuncha ko'p foyda olinadi. Bu savdoda biror zarar yo'q. Bunda biror yomon oqibat yo'q. Bunda biror toyilish yo'q. Chunki sarmoya kiritilayotgan bu savdo Alloh bilandir, uning maydoni — bu hayoti dunyo ham har qanday olamlardan behojat, ammo har bir zarragacha u O'ziga muhtoj bo'lgan Allohning iznidadir. Shunday ekan, har kim qancha foyda olishni istasa, shuncha sarmoya tiksin. Yaxshi xotima, nihoyasiz rozilik va go'zal oqibatni kafolatlashga esa Alloh mutlaq qodirdir.
180 views19:11
Buka / Bagaimana
2023-05-08 23:37:05
#bildirish

Haddim sig'ib sizga biror yumushimni aytolmayapmanmi, bilingki, yaqinim emassiz!
209 viewsedited  20:37
Buka / Bagaimana
2023-05-06 00:56:22
#musobaqa

Atrofim shu qadar menga yaxshilikni istaydogonlar va meni yaxshi ko’radigonlar ko’pligidan iboratki, ba’zan men bu ne’matlarning shukrini ado etolmayotganimdan uyalaman..

Ular menga yaxshilik qilishda musobaqalashadigon darajadagi yaxshi insonlar. Men esa hislarini doim ham ochiqchasiga bildirib minnatdorchilik bildiraveradigonlar toifasidanmasmankuya ammo menga qilingan har bir yaxshilikni, muomilani e’tiborga olib bu uchun qalbdan xursand bo’lib, uni Robbisiga aytib beradigonlar ahlidanman..

Allohim, garchi ahlingdan bo’lmasamda ularning soyalaridan meni manfaatlantira
shodlantiryotganing uchun Senga hamdlar aytaman!
306 views21:56
Buka / Bagaimana
2023-05-02 01:45:14 #ulashing Bir ahli ilm birodarimizga holati og'irligi uchun moddiy yordam kerak, sog'ligini va yashash holati juda og'ir, ishonchli pok inson, shundoq ham tolibi ilmlar bizni jamiyatda eng pastki o'rinda qolib ketgan. Mo'min musulmonlar bir-birlarini aslo…
410 views22:45
Buka / Bagaimana
2023-05-02 00:55:02 Ehsonning mukofoti faqat ehsondir Ar-Rohman surasi 60-oyat. Bir kanalda yoshroq ayol yordam so’rab yozgan ekan, ishonmasanglar shaxsiyimga o’tinglar videodan qo’ng’iroq qilsanglar ham hammasini ko’rsataman, faqat menga ishoninglar, shu va shu kabi bir necha…
415 views21:55
Buka / Bagaimana
2023-04-30 00:55:29
Oila – insonning o‘zi qurgan dunyosi

Tug‘ilgan oilangizni siz tanlamadingiz, lekin barpo qilgan turmushingizda oilali bo‘lishni siz tanladingiz. Bas, o’zingizga-o’zingiz tanlagan oilangizga baxtni olib kirish uchun qo‘lingizdan kelgancha harakat qilishga so‘z bering. O‘zingizga turmush o‘rtog‘ingiz ko‘zi bilan boqishni, turmush o‘rtog‘ingizni ko‘zida o‘zizni ko‘rishni, juftingizga ko‘zizdan va ko‘nglingizdan joy berishni, barcha jarohatlarni turmush malhami bilan tuzatishni niyat qiling.

O‘zingiz qurgan dunyoingizni barcha mas’uliyatini olishni, har doim uni chiroyli qilishni, ko‘ngil uyingizni turmush o‘rtog‘ingiz bilan birga barpo qilishni so‘rab duo qiling. Aniqki, sinovli kunlar ham bo‘ladi. Shunda bir-biringiz jonizga azob beruvchi emas, balki taskin beruvchi, jarohat yetkazuvchi emas jarohatni davolovchi bo‘lgan jufti halollar sifatida mashaqqatli kunlardan sabr bilan chiqa olish uchun Robbimizga duo qiling.
397 views21:55
Buka / Bagaimana
2023-04-21 04:04:16
#Hikmat

Ramazon deya yigʻladi qavmlar,
“Baxt-u oʻljalar oyi oʻtdi”, dedilar.
Dedimki: “Yigʻini qoʻyingiz. Taqvoda qolsangiz, Ramazon ham siz bilan”.

Ramazon hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin!
511 views01:04
Buka / Bagaimana
2023-04-20 00:11:54
#rizq

Sen instagramga bir necha kunlab kirmaysanda, ayrim sabab bilan intagramni qayta yuklab, profilinga kirishin bilan seni shunday go’zal xabar kutib turgan bo’lsa…

Ramazonni 27-kechasida ham ilk hayitligimni olgan edim. U ham xatm edi. Bugun ham 29-kecha 2- xatm hadyasini qabul qildim. Alhamdulillah.

U Zot qalbimga qayta-qayta shodliklarni tuhfa etdi. Bu xursandchiliklarimga bir emas, bir necha insonlarni sababchi qildi. Ne’matlarim insonlar ko’rinishida keldi.
Meni ularning duolarida yashashlik bilan rizqlantirdi. U menga juda mehribon. U bandalariga juda mehribon. U buyuk Allohdir.

Barchamizga Uning roziligiga erishish nasib qilsin. Omin!
546 views21:11
Buka / Bagaimana