2024-05-17 15:50:07
Charchadim...
Yashashga yetmaydi kuchim,
Yiqilib boryapdi sabru bardoshim.
Qoqildim.
Qölimdan tutmoqlik uchun-
Qaytib kelmaysanmi ön sakkiz yoshim?!
Senga yetgunimcha dardim yöq edi,
Yuragim bus butun, hajrim yöq edi,
Qara, bu dunyoda qadrim yöq endi,
Qaytib kelmaysanmi ön sakkiz yoshim?!
Men ham quchog'ingda bola edim-ku,
Surxon qirlarida lola edim-ku,
Sendan ayrildim-u, nola böldim-ku,
Qaytib kelmaysanmi ön sakkiz yoshim?!
Men kutgan bahorlar kuzga aldandi,
Közlarim bir olov közga aldandi,
Yuragim bir parcha muzga aylandi,
Qaytib kelmaysanmi ön sakkiz yoshim?
Ketding- közlarimga yoshlar köpaydi,
Minnatli, g'urbatli oshlar köpaydi,
Boshimga otilgan toshlar köpaydi,
Qaytib kelmaysanmi ön sakkiz yoshim?.
Bahorga boy bergan kulgularimni,
Onam bag'ridagi uyqularimni,
Pokiza bolalik tuyg'ularimni,
Aytib kelmaysanmi ön sakkiz yoshim?
Kelsang..
Bu dunyoim nurga tölardi,
Quvonch közlarimga baxtni belardi,
Ayt,
Meni söroqlab kim ham kelardi,
Qaytib kelmaysanmi ön sakkiz yoshim...
@sevimli_ayolIar
9.2K viewsBotir qizi, edited 12:50