Get Mystery Box with random crypto!

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu | Jaloliddin Rumiy 🕊

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir muhim ish Allohga hamd aytish bilan boshlanmasa, oxiri kesikdir», dedilar. Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari

Boshqa bir rivoyatda: «Har bir muhim ish «Bismillahir rohmanir rohiym» bilan boshlanmasa, u kesikdir», deyilgan.

Bulardan tashqari, yeb-ichgandan keyin, aksa urganda, ayolga sovchi qo’yganda, nikoh o’qilayotganida, hojatxonadan chiqayotganda, shuningdek, boshqa ishlarda ham Allohga hamd aytish mustahabdir. Biz bularni, inshaalloh, o’rnida zikr qilamiz.

Fasl: Duoning xotimasida ham, boshlanishida ham Allohga hamd aytish mustahab qilindi. Bunga dalil Alloh taoloning:

«Oxirgi istaklari Olamlar Rabbi Allohga hamd aytishdir» (Yunus surasi, 10-oyat), degan so’zidir. Biror ne’matga yetishganda yoki yomon ko’rgan narsasidan uzoqlashganda, Allohga hamd ham aytish mustahabdir. Hamd aytishning eng yaxshi iborasi «Alhamdu lillahi Robbil ‘alamiyn»dir.


@Rumiynoma