Get Mystery Box with random crypto!

Nurulloh Ubaydullayev

Logo saluran telegram nurulloh_ubaydullayev — Nurulloh Ubaydullayev N
Logo saluran telegram nurulloh_ubaydullayev — Nurulloh Ubaydullayev
Alamat saluran: @nurulloh_ubaydullayev
Kategori: Tidak terkategori
Bahasa: Bahasa Indonesia
Pelanggan: 109
Deskripsi dari saluran

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.
Mening ismim Nurulloh. Kanalda dasturlash sohasiga oid ma'lumotlar olishingiz mumkin.
Shaxsiy: @ubaydullayevnurulloh
Discussion: @nurulloh_ubaydullayev_chat

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Pesan-pesan terbaru

2023-04-21 04:50:45 Hayit ayyomingiz muborak boʻlsin
63 views01:50
Buka / Bagaimana
2023-04-01 11:23:59 Ishda jamoadoshingiz tortishib qolsangiz...

Hozirgi loyihamga qo'shilganimga 7-8 oy bo'lib qoldi.
Ilk kunlarimda jamoaning bir a'zosi bilan biroz kelisholmay qolgandim.
Bunga sabab, u inson o'rgatishni yoqtirmaydigan inson ekan. Loyiha haqida savol so'rasam, "Shuni ham bilmaysanmi ?" qabilida javob beryapti. Shundan so'ng, undan uzoqroq yurishga qaror qildim. Qolgan jamoa a'zolari bilan do'stona munosabatlar davom etdi va kuchayib bordi. Ammo, u bilan...

Lekin, baribir bir jamoada ishlagandan so'ng, to'qnashib turishga to'g'ri kelardi. Javoblari esa, hardoimgidek qo'polroq bo'lardi.
Bu haqida menejerimga aytganimda, yana shunday qilsa bizga ayt, gaplashib qo'yamiz dedi.
Ammo, menga bu taklif juda ham ma'qul tushganicha yo'q. Chunki, menejer aralashsa, oramizda bundan battar sovuqlik tushadi.

Bir oycha oldin u bilan yana birga ishlashga to'g'ri keldi. U ishlagan bir "feature" ustida men ham yangi "feature" qo'shishim kerak edi. U qilgan ishni biroz tushunmaganim uchun, o'zidan so'rashga majbur bo'ldim.
U esa yana avvalgidek yoqimsiz javoblar berdi. Shunda oxiri men ham, qattiqroq gapirdim va "Thank you" deb chiqib ketdim.

Oradan birnecha kun o'tdi. U "Pull request" ko'targan va men "Reviewer"man.
Jahlim chiqib turgandi. Xato yoki biroz chiroyli bo'lmagan kodlariga komment yozib tashladim. "Buni to'g'irla" degandek.

Ammo, shu ishim xato bo'lganini keyin tushunib yetdim. U akamiz shaxsiyimga jahl qilib yozibdi. Man ham javobiga o'zi menga avval qanday muomala qilgan bo'lsa, men ham shunday javob yozdim. "Shuni ham bilmaysanmi ?" qabilida. U "o'chdi". Men yutdim.

Ammo, bu ishim xato ekanligini bilib turardim. Kamiga Senior'man-a.

Biroz o'tib, eng to'g'ri qarorimni qildim. U odamga "Onboarding" jarayonidan beri o'zini qanday tutayotganini, u bilan ishlash qanchalik qiyin bo'layotganini chiroyli qilib tushuntirdim. Unga qayta jahl qilganimni sababini ham.

Va U tushundi. Mentor'lik qobiliyati yo'qligini, tushuntirish yoqmasligini aytdi. Men ham jahl qilganlarimni tan olib, uzr ham so'radim.
Biz kelishib oldik.

Ha, 6-7 oylab davom etgan bu yoqimsiz holat, shunchaki ikki inson ochiqchasiga, chiroyli muomalada gaplashish bilan hal bo'lib ketdi. Buni ertaroq qilishni ham iloji bor edi.

Sizlarga maslahatim shuki, ishda iloji boricha "hissiyot"ga berilmang. Aql bilan ish qiling. Sizga qanday yoqimsiz muomala qilishsa ham, bu ish ekanligini unutmang. Vaqti kelganda, ochiqchasiga gaplashib olishdan qo'rqmang. Ishda do'stona muhit yarating. Va eng asosiysi ushbu postni ulashishni unutmang.

#maslahat

@JoshDeveloper
152 views08:23
Buka / Bagaimana
2023-03-23 02:06:45 Ramazon muborak
174 views23:06
Buka / Bagaimana
2023-02-15 08:27:39 Dasturlashda matematika kerakmi deganlarga!

Ha kerak. Hattoki frontend dasturchiga ham kerak bo'lishi mumkin ekan. Masalan, biror o'quv web platforma qilmoqchisiz va unda turli geometrik shakllar bilan ishlay olish imkonini qo'shishingiz kerak. Bunda grafika bilan ishlay olishingiz kerak. Maslalan, Three.js kabi.

Yaqinda bo'lgan Js Meetupda "Graphics programming on Web" mavzusida dars bo'lgandi. Ancha qiziqib qoldim. Dastlabki tushunchalarni olish uchun o'zbek tilida maqola ko'rib qoldim, https://math.gives/fazodagi-nuqta-c953ffe50edf
@leph0 ushbu kanalni kuzating, yuqoridagi mavzuga doir o'zbek tilida maqolalar yozishni boshlabdilar, qo'llab quvvatlash kerak.

@nurulloh_ubaydullayev
296 views05:27
Buka / Bagaimana
2023-02-10 13:39:40 Sizlarda ham shunday xolat bo'lganmi?

Kod yozasan, ishlamaydi. Test qilish uchun yana kod yozasan yana ishlamaydi . Muammoni topa olmaysan, oxiri qarasang production'dagi saytda tekshirayotgan bo'lasan . Shunaqa alam qiladi

@nurulloh_ubaydullayev / #funny
264 views10:39
Buka / Bagaimana
2023-02-10 08:36:29
Figma dasturida istalgan saytni nusxalab olish mumkin ekan.

Amaliyot uchun maket qidiradiganlar uchun yaxshi ekan yoki dars bersangiz istalgan saytni shunchaki figmaga nusxalab ishlayverasiz))

@nurulloh_ubaydullayev
272 views05:36
Buka / Bagaimana
2023-02-01 09:03:51
ChatGPT orqali diplom ishini himoya qilibdi)
Suniy Intellektdan foydalanish ishimizni ancha osonlashtiradi. Bu talaba diplom ishini yozib tarjima qilishga atigi 23 soat sarflabdi.

"Suniy Intellekt - undan tog'ri foydalana olganlarga foyda, qolganlar esa qo'rqib yuraveradi"

O'zimga ham foyda berdi. Ishda bir taskni bajarishimga ancha vaqt ketayotgandi, shunda ChatGPT'ga muammoni yozdim va u tayyorlab bergan koddan foydalandim, hammasi a'lo darajada ishladi. Rosti vaqtni tejash uchun foydali ekan. Dasturchi yangiliklardan doim habardor bo'lib turishi kerak ekan. ChatGPT nimaligini haliham bilmaydigan dasturchilarni ko'rdim . Haliham ChatGPT haqida eshitmagan bo'lsangiz demak orta qolyabsiz.

@nurulloh_ubaydullayev
246 views06:03
Buka / Bagaimana
2023-01-31 17:29:32 PM - Project Manager qanchalik muhim yoki kerakli deb o'ylaysiz?
200 viewsedited  14:29
Buka / Bagaimana
2023-01-31 08:56:27 PM - Project Manager qanchalik muhim yoki kerakli deb o'ylaysiz?
160 views05:56
Buka / Bagaimana
2023-01-12 15:39:12 Design patterns vs Antipatterns

Design patterns
- bu odatda takrorlanadigan muammolarga ma'lum yechimlardir. Agar kod yozish jarayonida biror muammoga duch kelsak google'dan qidirib ko'ramiz, va katta ehtimol bilan bizdan avval ham boshqa dasturchi bu muammoga duch kelgan bo'lishi mumkin va buni yechimi ham berilgan bo'ladi. Yaxshi hamki bizdan oldingi dasturchilar ko'p takrorlanuvchi muammolarga sodda, oson va tog'ri yechimlari haqida "documentation" tuzib ketishgan. Ya'ni bir muammoning ko'p takrorlanishi design patternlarini vujudga kelishiga olib keldi.

Anti-patterns - Design patternlarini bilganimizdan keyin anti-patternlarni ham tushunish oson bo'ladi. Anti-patternlar takrorlanuvchi muammolar uchun yomon yechimlardir. Bizdan avval bu muammolar haqida o'ylab ko'rishgan va bizni qiynalmasin deb bu yechim o'xshamasligi yoki yomon yechimligi haqida dokumentatsiya qilib ketishgan. Dasturchilar shunday himmatli :)

Bundan keyin bunga misollar ham keltiraman)

Sharing is caring

@nurulloh_ubaydullayev
267 viewsedited  12:39
Buka / Bagaimana