Get Mystery Box with random crypto!

Inna lillahi va inna ilayhi rojiun. Azizlar! Vatandan tashqar | Muvaffaq 2 | Ilm va Irfon Maskani

Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.

Azizlar! Vatandan tashqarida talaba o’qitish mashaqqatini qanchalik og’ir ekanini bilasizmi? Siz oson deb o’ylashingiz mumkin. Hatto talabalar ham oson deb o’ylashi mumkin. Ammo ish boshiga juda-juda ham qiyin.

Kelganimdan beri yopilmagan o’qishlarimizni saqlab qolish uchun yelib yugurib yuribman. Doktorimga borishga vaqt ajratolmayapman. Lekin baribir eplay olmadim. Bugun yana ikki o’qishimizni yopishga to’g’ri keldi. Ulardan biri bemalol 200ta talabani sig’dira olishi mumkin joy edi. Ammo afsuski, moddiy qiyinchilik tufayli yopadigan bo’ldik.

Bu yil 50 atrofida yangi talaba olaman deb niyat qilayotgan edim. Hozirgi holatimda 10 tagina olaman xalos ekan.

Kim Dorululumda o’qishni, universitet ta’limi bilan birga arab shayxlarda haqiqiy kuchli ilm olishni istasa, qabul shartlarini ushbu linkdan bilib olishi mumkin.

Robbim! Ojizligimdan senga shikoyat qilaman.
Robbim! O’z vatanimda diniy ta’limga shunday erkinlik berki, hech yo’qsa talabalar va ustozlar biz kabi xorijda sarson-sargardon yurmasinlar!

Muhammad Odil Hamid

@dorululumadmin