Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze I | ASL FUTBOL | RASMIY

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Ispaniyaga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi: Osiyo o'yinlaridan qaytishimiz bilanoq ushbu bahsga tayyorgarlik ko‘rishni boshladik. Ispaniya yoshlar terma jamoasi Yevropa chempionati saralash bosqichida ikkita o'yin o'tkazgan, biroq murabbiy avvalgi jamoa bilan ham ishlagan. Shunga qaramasdan ertaga eng yaxshi o'yinlarimizdan birini ko'rsatishimizga ishonaman. Futbolchilar asta-sekin tiklanishmoqda, xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari jamoa sifatida o‘sishimizga yordam beradi. Terma jamoa libosida doimo g'alaba qozonish shart. Ispaniyalik futbolchilar har taraflama shakllangan bo'ladi, biroq bizning ham o'z rejalarimiz bor, o'yinchilarimiz mahoatli, nasib qilsa yaxshi natija qayd etamiz. Barcha futbolchilar asosiy tarkibga munosib, ertangi o'yinga kim tayyor bo'lsa, albatta, maydonga tushiramiz, Ispaniya va Misrga qarshi o'yinlarda barcha futbolchilarga imkoniyat beriladi.

Jasurbek Jaloliddinov: Osiyo o'yinlariga jo‘nab ketishimizdan avval ushbu o‘yin haqida e’lon qilingan edi. Shu boisdan agar turnir oxiriga qadar yetib borsak, tayyorgarlik uchun vaqt qisqa bo‘lishini bilar edik. Shunday ham bo‘ldi va yakunda yaxshi natija qayd etdik. Futbolchilarda charchoq kuzatilishi mumkin, biroq doimiy o‘yin amaliyoti kuchli raqiblarga qarshi o‘yinda bizning foydamizga xizmat qiladi, deb o’ylayman. Jamoada ichki muhit doimo a’lo darajada, oʻyinga ham ruhiy ham taktik tomonlama tayyormiz.