Get Mystery Box with random crypto!

Intellektual mulk yangiliklari

Logo saluran telegram adliyaimd — Intellektual mulk yangiliklari I
Logo saluran telegram adliyaimd — Intellektual mulk yangiliklari
Alamat saluran: @adliyaimd
Kategori: Pinjaman, Pajak dan Hukum
Bahasa: Bahasa Indonesia
Pelanggan: 1.37K
Deskripsi dari saluran

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentining rasmiy kanali

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Pesan-pesan terbaru

2023-05-09 09:18:55
9-may – Xotira va Qadrlash kuni

Adliya vazirligi jamoasi umumiy tarixiy xotira orqali birdamlik va hamjihatlikka chorlovchi ushbu kun bilan barchani samimiy muborakbod etadi!

Xotira o‘zlikni anglatib turadi, qadr insonni yuksaklikka ko‘taradi.

@adliyaimd
109 viewsDilfuza Ismoilova, 06:18
Buka / Bagaimana
2023-05-07 20:20:25
#Adliya_xabari

OAV vakillari, jurnalist va blogerlar diqqatiga!


Adliya vazirligi tomonidan “Islohotlar davrida ommaviy axborot vositalarining roli, jurnalistlarning axborot tarqatishdagi huquq va majburiyatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etiladi.

Maqsad:
axborot olish va uni qayta ishlash va tarqatishda jurnalistlarning huquq va majburiyatlari;
OAVda shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishning tartibi va shartlari;
OAVning jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdagi roli.

Vaqti: 2023-yil 8-may kuni soat 11:00–13:00ga qadar.
Manzil: Adliya vazirligi binosi.
Telefon: (71)207-04-54.

@adliyaimd
423 viewsDilfuza Ismoilova, 17:20
Buka / Bagaimana
2023-05-05 09:43:07
#Adliya_xabari

Joriy yilning 5-may kuni soat 15:00da Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tadi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladigan yig‘ilishda
2023-yilning birinchi choragi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilinadi.

Unda vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linma rahbarlari, «O‘zarxiv» va Personallashtirish agentligi rahbarlari, adliya organlari va muassasalari rahbarlari, shu jumladan tuman (shahar) adliya bo‘limlari va mas'ul xodimlari ishtirok etadi.

@adliyaimd
354 viewsDilfuza Ismoilova, 06:43
Buka / Bagaimana
2023-05-05 07:45:26
Turli davlatlarda mualliflik huquqini buzganlik uchun jazo choralari belgilangan.

Masalan:
1. AQShda jarima 250,000 AQSh dollarigacha hamda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
2. Buyuk Britaniyada 60,000 funt sterlinggacha jarima hamda 10 yil muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
3. Germaniyada 50,000 yevrogacha jarima hamda 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
4. Fransiyada 500,000 yevrogacha jarima hamda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
5. Hindistonda eng kamida 50,000 hind rupisida jarima hamda 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
 
@adliyaimd
640 viewsDilfuza Ismoilova, edited  04:45
Buka / Bagaimana
2023-05-04 07:57:38
Qanday holatlar mualliflik va turdosh huquqlar buzilishiga olib keladi?

“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 62-moddasiga binoan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzilishga quyidagilar kiradi:

mualliflarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish;

ijrochining ismi-sharifiga bo‘lgan va ijroni har qanday tarzda buzib ko‘rsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz qilish;

huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar ob’ektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish;

Qonunda nazarda tutilgan hollarda haq to‘lash to‘g‘risidagi talablarni buzish;

huquq egalarining mulkiy huquqlarini boshqacha tarzda buzish mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzishdir.

@adliyaimd
295 viewsDilfuza Ismoilova, edited  04:57
Buka / Bagaimana
2023-05-03 13:44:22
Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan belgilar

"Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi Qonunga ko'ra quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi:

Tovar kelib chiqqan joy xususida iste’molchini chalg‘itib qo‘yadigan jo‘g‘rofiy nom bo‘lgan belgilar;

Tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko‘rsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;

Tovar tayyorlangan joy nomi bilan bog‘liq bo‘lmagan jo‘g‘rofiy nomni anglatuvchi va O‘zbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovar belgisi sifatida umum foydalanishda bo‘lgan belgilar.

@adliyaimd
314 viewsDilfuza Ismoilova, edited  10:44
Buka / Bagaimana
2023-05-03 08:30:53
#Adliya_tabrigi

BMT Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-dekabrdagi rezolyutsiyasiga ko‘ra, 1994-yildan boshlab har yili 3-may – Jahon matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanib kelinadi.

Erkin so‘z, erkin matbuot – jamiyat ravnaqining eng muhim shartlaridan biri. Har qanday jarayonda xolis va haqqoniy so‘z ayta olish kishidan tezkorlik, fikrchanlik, katta mas’uliyat talab etadi.

So‘z erkinligini amalga oshirish va himoya qilish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatayotgan, bu orqali mamlakatda demokratik o‘zgarishlar va islohotlarni ta’minlashga alohida hissa qo‘shayotgan barchani ushbu sana bilan samimiy muborakbod etamiz.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyaimd
311 viewsDilfuza Ismoilova, 05:30
Buka / Bagaimana
2023-05-02 10:23:21
#Fakt

Nimaga brendlarda belgisi ishlatiladi?

Bilasizmi, belgisi ro‘yxatdan o‘tgan tovar belgisining tipografik belgisi bo‘lib, u birinchi marta 1946-yilda AQSHning savdo belgisi to‘g‘risidagi qonunida paydo bo‘lgan.

Belgi inglizcha “registered” so‘zidan olingan bo‘lib, “ro‘yxatdan o‘tgan” degan ma’noni anglatadi. Ya’ni ushbu belgini ishlatayotgan brendlar intellektual mulk obyektlariga muhofaza hujjati beruvchi patent idoralaridan ro‘yxatdan o‘tgan.

Ushbu belgini "R" harfi shaklida yoki "savdo belgisi" so‘zlari shaklida ham uchratish mumkin.

@adliyaimd
370 viewsDilfuza Ismoilova, 07:23
Buka / Bagaimana
2023-05-02 07:32:39
#Bu_muhim

Mahsulotingiz bor-u, ammo tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazmadingizmi?

BILINGKI, BRЕNDINGIZ YO‘QLIGI BOZORDA O‘RNINGIZ YO‘QLIGINI BILDIRADI.

Ammo, siz brendingizni qanday muhofaza qilishni bilmayapsizmi?
Brendingiz o‘zga shaxslar tomonidan foydalanilishi yoki o‘z nomiga ro‘yxatdan o‘tkazib olishi sizni tashvishlantiryaptimi?
Siz o‘zingizni halol va sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi deb hisoblaysizmi?

UNDA ZUDLIK BILAN TOVAR BELGINI RO‘YXATDAN O‘TKAZING VA HUQUQIY MUHOFAZAGA OLING.

Tovar belgisi himoyasi kompaniya rivojlanishiga, bozorda mustahkam o‘rin egallashiga hamda xaridorlar ishonchini zabt etishiga xizmat qiladi. Eng muhimi bu orqali kompaniya o‘z imijini yaratib, katta nufuzga ega bo‘ladi.

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentining quyidagi raqamlariga murojaat qiling: 71 232 50 42, 71 232 50 54.

@adliyaimd
350 viewsDilfuza Ismoilova, 04:32
Buka / Bagaimana
2023-04-28 14:51:02
#Adliya_aralashgach

Xonanda shoirga 30 million soʻm tovon puli toʻlaydi

Batafsil

@adliyaimd
715 viewsDilfuza Ismoilova, edited  11:51
Buka / Bagaimana